about persons photo

O‘zbekiston Respublikasining "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi Qonuni.

November 24, 2020
+948 ko'p
1
       
VI. Yakunlovchi qoidalar
30-modda. Fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish cheklanganligi
——————————————————————
      Fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish (moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishlar bundan mustasno), davlat ehtiyojlari uchun mahsulot realizatsiya qilish shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligiga dalillar bo‘lgan, shuningdek yagona yer solig‘i o‘z vaqtida to‘lanmagan hollarda, ijaraga olish shartnomasiga muvofiq ijaraga berilgan yer uchastkasidan faqat belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 
 
Fermer xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta amalga oshiriladi.
 
 
Yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno
 
 
Aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati, shuningdek fermer xo‘jaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi.
 
 
Ushbu moddada ko‘rsatilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin.
 
 

Biz bilan birgalikda

Eng so'ngi yangiliklar bilan tanishing!